18 aprelda Toshkentdagi 4 ta ko‘cha vaqtincha yopiladi
Jamiyat
−
16 aprel 2021
6292Joriy yilning 18 aprel kuni Toshkentdagi 4 ta ko‘cha 5 soat davomida harakatlanish uchun yopiq bo‘ladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.
Ko‘chalar duatlon bo‘yicha havaskor va professionallar o‘rtasida O‘zbekiston Ochiq Kubogining birinchi bosqichi o‘tkazilishi sabab soat 07:30 dan 12:30 ga qadar yopiladi.
Quyidagi ko‘chalarda harakatlanish cheklanadi:
1) To‘liq yopilish: Zulfiyaxonim ko‘chasi – Labzak ko‘chasidan (MobiUz ofisi) Nurafshon aylanma yo‘ligacha;
2) To‘liq yopilish: Nurafshon aylanma yo‘li – Zulfiyaxonim ko‘chasidan Sharof Rashidov shox ko‘chasigacha (Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi);
3) Ikki taraflama harakatlanish yo‘lning bitta qismi bo‘ylab tashkil qilinadi: Sharof Rashidov shoh ko‘chasi – Osiyo ko‘chasidan (Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi) Abdulla Qodiriy ko‘chasigacha (“Jasorat” haykali);
4) Ikki taraflama harakatlanish yo‘lning bitta qismi bo‘ylab tashkil qilinadi: Abdulla Qodiriy ko‘chasi – Sharov Rashidov shoh ko‘chasidan (“Jasorat” haykali) Labzak ko‘chasigacha (“Anhor-Lokomotiv” bog‘i).
“Tirbandliklarning oldini olish uchun haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanishni so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi