175 shaxsning pasportiga “IMEI” kodni noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazgan shaxslar ushlandi

3-sahifa

image

Shaxsga doir qonun hujjatlarini buzgan holda mobil qurilmalarni “IMEI” kodlarini noqonuniy ravishda ro‘yxatdan o‘tkazgan bir necha shaxslar ushlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Kiberxavfsizlik markazi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, bir necha fuqaro oldindan til biriktirib, respublikaning turli hududlaridan 175 nafar shaxsning fuqarolik pasporti nusxalarini turli xil aldov yo‘llari bilan qo‘lga kiritgan. Ulardan foydalangan holda, mamlakat hududiga noqonuniy ravishda olib kirilgan telefonlarning “IMEI” kodini ro‘yxatdan o‘tkazgan.

Ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 141-2-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Shuningdek, markaz bu xabar orqali fuqarolarni ogohlikka chaqirgan.

“Hurmatli fuqarolar fuqarolik pasportingiz va uning nusxasini begona shaxslarga taqdim etmang, undan g‘arazli maqsadlarda foydalanish mumkinligini yodda tuting”, deyiladi markaz xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

197

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing