17 yillik tanaffusdan so‘ng Farg‘ona aeroportidan xorijga yuk yuborildi. Ilk jo‘natma – 50 tonna gilos

Jamiyat

image

50 tonna gilos mahsuloti 1 iyun kuni Farg‘ona xalqaro aeroportidan Koreyaning Seul xalqaro aeroportiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazilishi ta’minlandi. Bu 17 yil ichida ilk bor viloyat xalqaro aeroportidan xorijga jo‘natilgan yuk hisoblanadi. Bu haqda O‘zbekiston transport vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, pandemiya sharoitda mamlakatimizda yetishtirilgan mahsulotlar eksporti hajmini oshirish bu orqali esa aholi daromadlarining keskin kamayib ketishining oldini, qo‘shimcha ishchi o‘rinlarini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Karantin davrida tadbirkorlar va eksportyorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga amaliy ko‘mak berish maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda. Xususan, transport vazirligida tashkil etilgan eksportga ko‘maklashish shtabi tomonidan tadbirkorlardan kelib tushayotgan murojaatlar tezkorlik bilan o‘rganilib, mavjud muammolar joyida hal etilishi natijasida xorijiy xaridorlarga sifatli mahsulotlarni o‘z vaqtida yetkazib berish ta’minlanmoqda.

Jumladan, Farg‘ona viloyatidan xorijga ho‘l mevalar eksporti bilan shug‘ullanayotgan "RTL logistics", "UZ-Segong", "XinFergana" korxonalari tomonidan bo‘lgan murojaatlar va ushbu korxonalarning faoliyati Transport vazirligining aeroportlarni rivojlantirish va yer usti ta’minoti boshqarmasi mutaxassislari tomonidan atroflicha o‘rganib chiqildi.

"Eksportyor korxonalar vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ho‘l mevalarni Farg‘ona viloyatidan Qamchiq dovoni orqali Toshkent xalqaro aeroportiga yuk mashinalarida yetkazib borish jarayonidagi qiyinchiliklar, qolaversa, ushbu jarayon transport xarajatlarining ortib ketishiga bu esa o‘z navbatida eksportga yuborilayotgan mahsulotlar narxining ko‘tarilishiga sabab bo‘layotgani tufayli ushbu hududning o‘zidan yuk aviaqatnovlarini tashkil etish masalasi o‘rganib chiqildi.

Eksportyor korxonalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga qulay shart-sharoitlarni yaratib berish maqsadida"UZ-Segong" va "XinFergana" korxonalari tomonidan eksport uchun tayyorlanayotgan 50 tonna gilos mahsuloti 1 iyun kuni Farg‘ona xalqaro aeroportidan Koreyaning Seul xalqaro aeroportiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazilishi ta’minlandi", deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, mazkur jarayonni muvaffaqiyatli amalga oshirish maqsadida, Namangan xalqaro aeroportidan havo kemasi sahniga yuklarni ortish uchun ishlatiladigan maxsus texnika vositalari hamda Toshkent xalqaro aeroportidan esa maxsus yevropaddonlar Farg‘ona xalqaro aeroportiga olib kelindi. Havo kemasi yetib kelguniga qadar esa aeroportning yuk tashuvlari bo‘limi xodimlariga maxsus texnikadan foydalanish va yuk tashish havo kemasiga yuklarni ortish mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Barcha tashkiliy masalalar muvaffaqiyatli amalga oshirilib, 50 tonna gilos mahsulotini Seul shahriga yuborish amaliyoti omadli yakunlandi. Shunday qilib vodiylik eksport bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarga keng imkoniyatlar yaratish hamda ularning viloyatlararo yuk tashish borasida yuzaga kelayotgan muammolarini bartaraf etish va xorijga to‘g‘ridan-to‘g‘ri Farg‘ona xalqaro aeroportidan yuklarni yuborish imkoni yaratildi.


Maqola muallifi

Teglar

Eksport Farg'ona

Baholaganlar

119

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing