17 yil deganda Italiyaning uchta jamoasi YeCHL 1/4 finalida ishtirok etadi

Sport

image

Bugun, 16 martga o‘tar kechasi Yevropa Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichining so‘nggi o‘yinlari yakunlandi. Musobaqada g‘oliblik uchun kurashni davom ettiradigan sakkizta jamoa aniq bo‘ldi.

1/4 finalda Italiyaning “Milan”, “Inter” va “Napoli”, Angliyaning “Chelsi” va “Manchester Siti”, “Real Madrid”, “Bavariya” va Portugaliyaning “Benfika” klublari ishtirok etadi.

17 yil ichida birinchi marta Italiyaning uchta jamoasi birdaniga turnirning chorak final bosqichiga yo‘l oldi – bu oxirgi marta 2005-2006 yilgi mavsumda sodir bo‘lgan. O‘shanda “Milan”, “Yuventus” va “Inter” chorak finalga chiqqandi.

E’tiborlisi, o‘sha mavsumda chorak final bosqichida uch jamoadan ikkitasi turnirni tark etgan bo‘lsa, yarim finalda “Milan” “Barselona”ga imkoniyatni boy bergandi.

2005-2006 yilgi mavsumda “Barselona” Yevropa Chempionlar ligasida g‘olib bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Chempionlar ligasi “Milan”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing