17 yoshli yigit xayriya uchun yig‘ilgan qariyb 25 mln so‘mni o‘g‘irladi

Jamiyat

image

Toshkentda kasal bolaning davolanishi uchun xayriya yo‘li bilan yig‘ilgan qariyb 25 mln so‘m pul firibgarlik yo‘li bilan o‘g‘irlandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati xabar berdi.

Joriy yilning avgust oyida Ahmadjon A. ijtimoiy tarmoqlar orqali jiddiy kasallikka chalingan o‘g‘lini davolashga pul yig‘ish uchun odamlardan yordam so‘ragan. Odamlarning yordami bilan operatsiya uchun 24 596 000 so‘m pul yig‘ilgan.

Telegram messenjeridagi guruhlardan birida mazkur e’lonni ko‘rib qolgan noma’lum shaxslar ko‘rsatilgan raqamga qo‘ng‘iroq qilib, kartaga pul o‘tkazishlarini aytib, tasdiqlovchi kod raqamini so‘raydi. Shundan so‘ng e’longa ilova qilingan 16 raqamli karta kodidan foydalanib, yuqoridagi summani to‘lig‘icha o‘z hisob raqamiga o‘tkazib oladi.

Ahmadjon Toshkent shahar IIBBga murojaat qilgan. Ushbu holat yuzasidan JKning 168-moddasi (“Firibgarlik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

IIBB xodimlari tomonidan mazkur jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinib Farg‘ona viloyatida oldinroq o‘g‘rilik va firibgarligi uchun sudlangan 17 yashar Nurulloxon M. qo‘lga olindi. So‘roq chog‘ida u ushbu jinoyatni 19 yashar Avazxon Yu. bilan birga amalga oshirganini tan olgan.  Uning kvartirasidan tintuv chog‘i ashyoviy dalillar tariqasida plastik karta, 700 dollar, 464 ming so‘m va Samsung A30 telefoni topilgan. 

Tezkor tergov tadbirlari davomida ushbu shaxslar yuqoridagidek usullar bilan kasal qizning otasi bilan bog‘lanib, bank kartasidagi 18 122 781 so‘mni o‘z hisoblariga tushirib olgani aniqlandi. Hozirda ularning shunga o‘xshash boshqa jinoyatlarga aloqadorligi va boshqa sheriklari bor-yo‘qligi tekshirilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

firibgarlik o'g'rilik xayriya

Baholaganlar

43

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing