17 yoshli qiz yigitini “sotmaslik” uchun undan $3 ming talab qildi
3-sahifa
−
21 dekabr 2022
34753Buxoroda 17 yoshli qiz sevgilisidan ishqiy munosabatlarni oshkor qilmaslik uchun pul talab qildi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 9 dekabr kuni G‘ijduvon tumanida 17 yoshli voyaga yetmagan H.Sh. o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan yigitdan tovlamachilik bilan pul undirishni reja qiladi. Qiz u yigit bilan o‘rtalarida bo‘lgan ishqiy munosabatlar haqida oila-a’zolariga aytmaslik va tuman Ichki ishlar boshqarmasiga yozgan arizasi yuzasidan da’vosi yo‘qligini yozib berish evaziga 3 ming AQSH dollari berishini talab qiladi.
Holat yuzasidan Buxoro viloyati IIB JQB (Ichki ishlar boshqarmasi jinoyat qidiruv bo‘limi) xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida qiz mahallasida talab qilingan pullardan ming AQSH dollarini olayotgan vaqtda qo‘lga olingan.
Hozirda G‘ijduvon tuman IIB tomonidan Jinoyat Kodeksining 165-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ozoda Choriyeva
LiveBarchasi