17 yoshli qiz qo‘shnisining mashinasini o‘g‘irladi  

3-sahifa

image

Buxoro viloyati Vobkent tumanida voyaga yetmagan qiz o‘zganing avtomashinasini olib qochdi. Bu haqda Buxoro viloyati Ichki ishlar bo‘limi Axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 2 fevralidan 3 fevraliga o‘tar kechasi noma’lum shaxs, Vobkent tumani “Xalach” mahallasida yashovchi fuqaroning o‘z yashash uyi oldida eshiklari ochiq, kaliti o‘t oldirgichda qoldirilgan Damas rusumli avtomashinasini o‘g‘irlab olib qochgan.

Holat yuzasidan kelib tushgan xabar asosida viloyat ichki ishlar boshqarmasi tomonidan avtomashina xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan A-380 avtomobil yo‘lining 69 kilometrida to‘xtatilib ushlangan.

Aniqlanishicha, mazkur jinoyatni jabrlanuvchining mahalladoshi 2005 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan qiz sodir qilgan.

“Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing