17 mingdan ortiq migrant Turkiyadan chiqarib yuborildi

Olam

image

Turkiyada ikki oy ichida deyarli 36 ming noqonuniy muhojir qo‘lga olindi, ulardan 17,3 ming nafari deportatsiya qilindi. Bu haqda respublika Ichki ishlar vazirligi rahbari Ali Yerliqoya ma’lum qildi. 

“Ikki oyda 2548 ta operatsiya o‘tkazildi, ular davomida 1385 nafar noqonuniy migratsiya tashkilotchisi qo‘lga olindi, ulardan 372 nafari qamaldi. Jami 35867 nafar noqonuniy migrant qo‘lga olindi, shundan 17258 nafari mamlakatdan chiqarib yuborildi. Deportatsiya tadbirlari davom etmoqda. Biz noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashni davom ettiramiz”, deb yozdi vazir X ijtimoiy tarmog‘ida (sobiq Twitter). 

Joriy yilning iyun oyida Turkiya Ichki ishlar vaziri etib tayinlangan Yerliqoya bir necha oy ichida mamlakatda, asosan Istanbulda noqonuniy migratsiya muammosiga barham berishga va’da bergan edi. 

Turkiya IIV rahbari avvalroq respublikada 4,9 millionga yaqin qochqin borligini, ulardan 3 millioni Suriya fuqarolari ekanligini ma’lum qilgandi. Turkiyadagi noqonuniy muhojirlar haqida aniq ma’lumotlar yo‘q.

O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulligidan QALAMPIR.UZ’ga berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, ayni vaqtda Turkiyada 300 mingdan ortiq o‘zbekistonlik muhojirlar bo‘lib, ularning bor-yo‘g‘i 78 minggi mamlakatda qolish uchun rasmiy hujjatga ega. 


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya noqonuniy migratsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing