16 ta soliq inspeksiyasining boshlig‘i o‘zgardi
Jamiyat
−
31 Oktabr 2023
7384Qoraqalpog‘iston Respublikasi va bir qator shahar hamda viloyatlardagi ayrim soliq inspeksiyalariga yangi boshliqlar tayinlandi. Bu haqda qo‘mita axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi raisining buyrug‘i bilan Qoraqalpog‘iston, Toshkent shahri, Andijon, Namangan, Sirdaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatlaridagi ayrim soliq inspeksiyalarida tayinlovlar amalga oshirilgan. Unga ko‘ra:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
• Saitov Aydos Iskandarovich Chimboy tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1985 yil Amudaryo tumanida tug‘ilgan. Bunga qadar Amudaryo tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi. Aydos Seitov soliq xizmatining III darajali maslahatchisi.
• Eshmurodov Askar Qo‘chkorovich Qanliko‘l tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1968 yil Qo‘ng‘irot tumanida tug‘ilgan. Bunga qadar Qo‘ng‘irot tumani soliq inspeksiyasida shu’ba boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.Askar Eshmuratov soliq xizmatining III darajali maslahatchisi.
• Rahimov Jahongir Bozorboyevich Amudaryo tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1989 yil Amudaryo tumanida tug‘ilgan. Bunga qadar Amudaryo tumani soliq inspeksiyasida davlat soliq bosh inspektori lavozimida ishlab kelayotgan edi. Jahongir Raximov soliq xizmatining I darajali inspektori.
• G‘aniyev Shamshod Berdiboyevich Kegeyli tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1975 yil Nukus shahrida tug‘ilgan. Bunga qadar Taxiatosh tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. Shamshet Ganiyev soliq xizmatining I darajali inspektori.
Toshkent shahri
• Ergashov Jamshid Ashurovich Yangihayot tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.U 1981 yil Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Toshkent shahar soliq boshqarmasida bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi. Jamshid Ergashov soliq xizmatining II darajali maslahatchisi.
Andijon viloyati
• To‘xtaoxunov Mansurjon Shuxratovich Andijon shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.
U 1990 yil Andijon viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Andijon shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. Mansurjon To‘xtaoxunov soliq xizmatining III darajali maslahatchisi.
• Sobirov Azizbek Avazbekovich Jalaquduq tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.
U 1987 yil Andijon viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Andijon viloyati soliq boshqarmasida bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi. Azizbek Sobirov soliq xizmatining III darajali maslahatchisi.
Namangan viloyati
• Xolmatov Asqarjon Rahimmirzayevich Kosonsoy tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.
U 1972 yil Namangan viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Yangiqo‘rg‘on tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi. Askarjon Xolmatov soliq xizmatining III darajali maslahatchisi.
• Normatov Sayyorbek Qobiljonovich Yangiqo‘rg‘on tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.
U 1985 yil Namangan viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Yangiqo‘rg‘on tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.Sayyorbek Normatov soliq xizmatining I darajali inspektori.
• Tursunov Doniyor Obloyor o‘g‘li Namangan tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.
U 1987 yil Namangan viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Norin tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. Doniyor Tursunov soliq xizmatining I darajali inspektori.
Sirdaryo viloyati
• Usmonov Anvar Isroilovich Oqoltin tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1969 yil Jizzax viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Sardoba tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi. Anvar Usmonov soliq xizmatining III darajali maslahatchisi.
• Ikromov Oybek O‘ktamovich Sardoba tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.
U 1983 yil Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Sirdaryo viloyati soliq boshqarmasida shu’ba boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi. Oybek Ikramov soliq xizmatining II darajali maslahatchisi.
Surxondaryo viloyati
• Turdiyev Baxtiyor Ziyodullayevich Qumqo‘rg‘on tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.
U 1985 yil Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Uzun tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. Baxtiyor Turdiyev soliq xizmatining I darajali inspektori.
• Qosimov Shamsiddin Isomiddinovich Uzun tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.
U 1989 yil Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Uzun tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. Shamsiddin Qosimov soliq xizmatining I darajali inspektori.
Toshkent viloyati
• Xazratov Sherzod Boymamatovich Bo‘ka tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.
U 1983 yil Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Yuqori Chirchiq tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. Sherzod Xazratov soliq xizmatining II darajali maslahatchisi.
• Musayev Ikrom Tojiboyevich Ohangaron tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.
U 1973 yil Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Ohangaron tumani soliq inspeksiyasida shu’ba boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi. Ikrom Musayev soliq xizmatining III darajali maslahatchisi.