16 kun faollik aksiyasi boshlandi
Jamiyat
−
25 noyabr 2019
734825 noyabr – Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni.
O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasi mazkur kun munosabati bilan yangi loyihaga qo‘l urdi. Unga ko‘ra, 25 noyabrdan 10 dekabrga qadar “Ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish bo‘yicha 16 kun faollik” aksiyasi o‘tkazilib, jahon hamjamiyati e’tibori ayollarga bo‘lgan tazyiq va zo‘ravonliklarga qarshi kurashishga qaratiladi.
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda ayollar huquqlarini ta’minlashg, ularning jamiyat hayoti va oiladagi mavqeini mustahkamlash tom ma’noda davlat siyosatining asosiy vazifasi sifatida qamrab olindi. “Ayollar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida” va “Ayollarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida" gi Qonunlar qabul qilindi.
To‘g‘ri, bu qonunlar hali yuqori darajada o‘z kuchini ko‘rsatayotgani yo‘q. Buning uchun vaqt va ongli ta’sir kuchi kerak. Muhimi ko‘p yillar tashlanmagan qadamlar bu yil bosildi.
LiveBarchasi