Dunyo bo‘ylab har uchinchi ayol zo‘ravonlik “qurboni” bo‘lmoqda
Olam
−
25 noyabr 2020
5663Dunyo bo‘ylab har uch ayoldan biri zo‘ravonlikni boshdan kechirmoqda, ularning aksariyati oilaviy zo‘ravonlik bilan bog‘liq hodisalardir. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi ijrochi direktori Geda Fathi Vali Xalqaro ayollarga qarshi zo‘ravonlikni to‘xtatish kuni munosabati o‘tkazilgan anjumandagi nutqida so‘z ochdi.
Uning ta’kidlashicha, dunyo bo‘ylab millionlab ayollar zo‘ravonliksiz yashash uchun asosiy inson huquqlaridan mahrum.
“Ayollarning aksariyat qismi qarindoshlari yoki birga yashovchilar tomonidan zo‘ravonlikka duch kelmoqda.
Zo‘ravonlikni boshdan kechirayotgan ayollarning aksariyati qonunchilikdagi bo‘shliqlar, ijtimoiy xurofot va yetarli darajada jinoiy jazo choralari ko‘rilmasligi tufayli adolatga erisha olmayaptilar. Shuning uchun ayollarga nisbatan zo‘ravonlik jinoyatlarining aksariyati xabar qilinmaydi va jinoyatchilar jazosiz qolmoqda”, deydi Vali.
Shu bilan birga, departament direktori koronavirus pandemiyasi paytida ayollarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari ko‘payganligini ta’kidladi.
“COVID-19 inqirozi vaziyatni yanada og‘irlashtirmoqda. Ko‘pgina mamlakatlarda joriy qilingan karantin choralari ayollarning huquqni muhofaza qilish va sud tizimiga kirishini cheklash orqali zo‘ravonlik xavfini oshirdi”, deydi Vali.
Ma’lumot o‘rnida, 25 noyabr Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikni to‘xtatish sifatida kuni nishonlanadi. Ushbu kunga 1999 yil 17 dekabrda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan jamoatchilik e’tiborini ushbu muammoga jalb qilish maqsadida asos solingan.
LiveBarchasi