15 yoshli o‘quvchi maktabda otishma uyushtirdi

3-sahifa

image

Braziliyaning San-Paulu shtatidagi maktabda 15 yoshli o‘quvchi maktabda otishma sodir qildi. Bu haqda shtat hukumatiga tayanib, “Menafn” xabar berdi

Qayd etilishicha, otishma kecha, 23 oktyabr kuni San-Paulu shtatining sharqiy qismidagi Sapopemba davlat maktabida sodir bo‘lgan. Oqibatda 1 o‘quvchi halok bo‘lgan, yana 3 kishi turli darajadagi jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mahalliy OAVning manbalariga ko‘ra, gumonlanuvchi voqea joyida ushlanmagan, balki yashirinishga ulgurgan "uddaburon" biroz o‘tib qo‘lga olingan.

San-Paulu shtati hukumati dushanba kuni ertalab hujum qurbonining oilasiga hamdardlik izhor qilib, sodir bo‘lgan voqeadan chuqur afsusda ekanini bildirgan. 

“Biz chuqur afsusdamiz, ushbu dahshatli voqea oqibatida halok bo‘lgan o‘quvchining oilasiga hamdardlik izhor qilamiz. Hozir jabrlanganlarga tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatish, shuningdek, talabalar, ta’lim mutaxassislari va halok bo‘lgan talaba oilasini qo‘llab-quvvatlash eng muhim vazifamiz hisoblanadi”, deyiladi hukumat bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Ijevsk shahridagi 88-maktabda noma’lum shaxs otishma uyushtirgan edi. Oqibatda 13 kishi halok bo‘lgan (ulardan yetti nafari bola), 20 kishi jabrlangandi. Ta’lim muassasasining ijtimoiy tarmoqlardagi guruhi ma’lumotlariga ko‘ra, maktab 1994 yilda tashkil etilgan bo‘lib, hozirda 982 nafar o‘quvchi ta’lim olmoqda va 80 nafar o‘qituvchi ishlaydi.


Maqola muallifi

Teglar

maktab Braziliya otishma San-Paulu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing