15 yoshli qiz bilan jinsiy aloqada bo‘lib, so‘ng uni o‘ldirgan shaxsga hukm o‘qildi

Jamiyat

image

Kecha, 28 yanvar kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar, Yashnobod tuman sudida, sudya Ikramov raisligida, sudlanuvchi R.Ya.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining qasddan odam o‘ldirish va talonchilik moddalari doirasida jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.
 
R.Ya. 2019 yilning 28 avgust kuni soat 22:00 larda Yashnobod tumani, Qorasuv ko‘chasi, 1-uyda joylashgan “O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi Ma’naviyat ma’rifat markazi” binosi oldida 2004 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan Sh.B. bilan uchrashib, u bilan “Nokdaun” nomli pivo spirtli ichimligini iste’mol qilishgan.

Shundan so‘ng, Sh.B.ning roziligi bilan u bilan jinsiy aloqada bo‘ladi. Soat 00:50 larda Sh.B. bilan tortishib qolib, o‘zaro kelishmovchilik zamirida bir-birini haqoratlagan. Sudlanuvchi Sh.B.ning yuz qismiga bir necha marotaba urgan va voqea joyidan ketib qolgan. Natijada Sh.B. olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.

R.Ya. esa ish joyi bo‘lgan “Smart” avtomashinalar yuvish shoxobchasiga borib, birozdan keyin Sh.B.dan xabar olish maqsadida, shu kuni soat 01:30 larda voqea joyiga qaytib kelganida, Sh.B.ni vafot etganini bilib, uning murdasini shu joydagi favvora ichiga tushirib qo‘ygan. Shuningdek, sudlanuvchi Sh.B. o‘limidan oldin unga vaqtincha saqlab turish uchun bergan “Samsung Galaxy J6” rusumli telefon apparatini yashirin ravishda talon-toroj qilib, 2019 yil 30 avgust kuni noma’lum shaxsga 300.000 so‘mga sotib, pullarni o‘zining shaxsiy ehtiyojiga sarflab yuborgan. 

Sud-tibbiy ekspertizasining 2019 yil 7 oktyabrdagi 894-sonli xulosasiga ko‘ra, Sh.B.ning o‘limi bosh miya yopiq jarohati, bosh miya yumshoq pardasi ostiga qon quyilishi, bosh miyaning lat yeyishi natijasida yuz berganligi, ushbu jarohatlar og‘irlik darajasi bo‘yicha hayot uchun xavfli bo‘lgan “og‘ir” tan jarohati ekanligi aniqlangan. 

Sudlanuvchi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lishi va o‘g‘rilik moddalari bilan aybli deb topildi. Unga 9 (to‘qqiz) yil 6 (olti) oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1251

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing