15 yoshli futbolchi o‘yin paytida otib ketildi
Sport
−
03 avgust 2089 1 daqiqa
Braziliyaning “Centro Sportivo Alagoano” yoshlar jamoasining 15 yoshli futbolchisi Mikael Leandro da Silva Maseyo shahrida o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvi vaqtida sodir bo‘lgan otishma oqibatida vafot etdi. Bu haqda “Globo” portali xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, avvalroq “San-Paulu” yoshlar jamoasida ham to‘p surgan 15 yoshli futbolchi og‘ir jarohatlar bilan shifoxonaga yetkazilgan, ammo shifokorlar uning hayotini saqlab qola olmagan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, otishma mahalliy giyohvand moddalar savdosi bilan bog‘liq jinoiy to‘dalar o‘rtasidagi to‘qnashuv oqibatida kelib chiqqan. Hodisa natijasida yana bir necha kishi turli darajada jarohat olgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kanadaning Toronto shahrida o‘tkazilayotgan ko‘cha festivalida sodir bo‘lgan otishma va uning oqibatida ikki kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi