15! Kecha koronavirus aniqlangan bemor bir kun o‘tib vafot etdi
Jamiyat
−
31 may 2020
29784O‘zbekistonda o‘n beshinchi odam koronavirus qurboni bo‘ldi. Bu haqda bugun, 31 may kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 1957 yilda tug‘ilgan poytaxtlik X. da shu yilning 30 may kuni COVID-19 aniqlanib, Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasiga yotqizilgan edi. 63 yoshli (ayol) bemor shu yilning yanvar oyida bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishi (insult) tashxisi bilan davolangan.
Bemorning davolanishi davomidagi kunlik ahvoli mamlakatimizdagi shu sohaga ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarining mutaxassislari nazoratida bo‘lgan. Ular tomonidan muntazam konsiliumlar o‘tkazib turilgan. Biroq nevropatolog, kardiolog, virusolog, pulmonolog, reanimatologlarning belgilangan standartlar asosida o‘tkazgan reanimatsion muolajalariga qaramasdan sun’iy nafas olish apparatida bo‘lgan bemor bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishi, o‘pka-yurak yetishmovchiligidan vafot etdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Hozirda mamlakatda koronavirusga chalinganlar 3583 nafarni tashkil qilmoqda. Bugungacha 2837 nafar bemor соғайган.
LiveBarchasi