15 avgustdan qaysi yo‘nalishlarda avia va temir yo‘l qatnovlari tiklanishi ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
14 avgust 2020
13663Avvalroq, 15 avgustdan boshlab O‘zbekistonda mahalliy avia va temir yo‘l qatnovlari bosqichma-bosqich tiklanishi haqida xabar bergan edik.
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi dastlabki bosqichda qaysi yo‘nalishlarda avia va temir yo‘l qatnovi yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qildi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan 15 avgustdan temir yo‘llar harakati quyidagi yo‘nalishlarda qayta tiklanadi:
• Yuqori tezlikda harakatlanuvchi Afrosiyob poyezdlari Toshkent – Samarqand – Buxoro – Toshkent yo‘nalishida 2 ta;
• Toshkent – Samarqand – Qarshi – Toshkent yo‘nalishida 1 ta shuningdek, Toshkent – Andijon – Toshkent yo‘nalishida 2 ta yo‘lovchi poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.
Mamlakatda ertadan mahalliy yo‘nalishlarda avia qatnovlarni tiklash jarayoni ham bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Xususan, Uzbekistan airways aviakompaniyasi tomonidan 15 avgust sanasidan e’tiboran Toshkent – Nukus – Toshkent, Toshkent – Urganch – Toshkent yo‘nalishida haftasiga uch marotabadan, Toshkent – Termiz – Toshkent yo‘nalishida esa haftasiga ikki marotabadan parvozlarni amalga oshirish boshlanadi.
Qayd etish kerakki, yo‘lovchilardan poyezdlar va samolyotlar bortiga chiqishda, vokzal va ayeroportlar hududida hamda yo‘l davomida sanitariya gigiyena qoidalariga doimiy ravishda qat’iy rioya qilishlari talab qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, fuqarolarning jamoat joylarida ijtimoiy masofani (2 metr) saqlashi, tibbiy niqobda bo‘lishi kabi karantin cheklovlari 2020 yil 15 avgustdan keyin ham saqlanib qolinadi. Tana harorati 37 daraja va undan yuqori bo‘lgan yoxud infeksiya alomatlari mavjud bo‘lgan fuqarolarning jamoat joylariga chiqishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ahrorbek Hayrullayev
LiveBarchasi