14 yoshli bolaning o‘limi ortidan 2 nafar IIB xodimi qamaldi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Farg‘onada ichki ishlar muassasasida vafot etgan 14 yoshli bolaning o‘limi yuzasidan 2 nafar IIB xodimiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zgatildi. Bu haqda Bosh prokuratura ma’lum qildi

Qayd etilishicha, 2 nafar sobiq ichki ishlar idorasi xodimlari o‘zlariga yuklatilgan vazifalariga sovuqqonlik bilan qarab, o‘z majburiyatlariga loqaydlik va vijdonsizlarcha munosabatda bo‘lib, ularni bajarmagani oqibatida markazda saqlanayotgan voyaga yetmagan R.Abdusattorov (marxum) ikki nafar voyaga yetmagan tarbiyalanuvchilar tomonidan kun davomida muntazam ravishda urib-do‘pposlanib, unga og‘ir darajadagi tan jarohatlari yetkazilgan. Buning oqibatida bola vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan sobiq IIB markaz tarbiyachisi hamda navbatchilik smenasi inspektor-navbatchisi Jinoyat kodeksining 207-moddasi 3-qismi “a” bandi (Mansabga sovuqqonlik bilan qarash) bilan gumon qilinuvchi sifatida jalb qilinib, Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.

Ularga nisbatan "qamoq" ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Eslatib o‘tamiz, 10 noyabr kuni Farg‘onada Ichki ishlar xodimi tomonidan olib ketilgan 14 yashar bolaning o‘limiga sababchi bo‘lgani aytilayotgan ikki kishi qamoqqa olingan edi

Avvalroq holat bo‘yicha Farg‘ona viloyati prokuraturasi ham munosabat bildirgandi. 2007 yilda tug‘ilgan, voyaga yetmagan R.A. joriy yilning 16 oktyabr kuni Buvayda tumani, Yangiqo‘rg‘on qishlog‘ida joylashgan “Ansor” savdo majmuasida ota-onasining nazoratisiz yurgani va ushbu majmuada o‘g‘irlik qilmoqchi bo‘lganida, IIB xodimlari tomonidan ushlanib, tuman IIB boshlig‘ining shu kungi qarori bilan Qo‘qon shahrida joylashgan viloyat IIB Jamoat xavfsizlik xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limiga joylashtirilgani aytilgan.

17 oktyabr kuni esa voyaga yetmagan R.A.ning sog‘lig‘i yomonlashib, hushidan ketgani sababli shahar Tez-tibbiy yordam xodimlari chaqirilib, unga tibbiy yordam ko‘rsatilishiga qaramasdan, shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtida vafot etgan.

Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosasiga ko‘ra, marhumning o‘limiga “bosh miya kalla yopiq shikasti, miya qattiq parda ostiga qon quyilishi, bosh miya moddasining lat yeyishi” sabab bo‘lganligi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar prokuraturasi tomonidan 18 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lgan og‘ir tan jarohati yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari davomida, jinoyatga bevosita aloqador ikki nafar shaxsga nisbatan ayblov e’lon qilinib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Shuningdek, holat yuzasidan IIB JXX HPB VEIHYOKM xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

427

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing