14 kishini o‘ldirgan xatolik. Hindistonda harbiylar tinch aholini o‘qqa tutdi

Olam

image

Hindiston shimoli-sharqidagi Nagaland shtatida harbiy amaliyot chog‘ida qishloq aholisi isyonchilar bilan adashtirilishi oqibatida kamida 13 nafar tinch aholi vakili va Hindiston xavfsizlik kuchlarining bir xodimi halok bo‘ldi. Bu haqda NDTV telekanali xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, xavfsizlik kuchlari isyonchilarga qarshi kurash amaliyotini rejalashtirgan. Biroq yaqin atrofdagi qishloq aholisi isyonchi deb qabul qilingan. Natijada harbiylar bir necha tinch aholini otib tashlagan.

Buni ko‘rgan qishloqning boshqa aholisi harbiylarga hujum qilgan, shundan so‘ng ular “o‘zini himoya qilish maqsadida” o‘t ochgan va yana bir necha tinch aholi halok bo‘lgan. To‘qnashuvda bir askar ham o‘lgan.

Hindiston Ichki ishlar vaziri Amit Shoh o‘zining Twitter’dagi sahifasida halok bo‘lganlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, davlat komissiyasi hodisa yuzasidan chuqur tekshiruv o‘tkazadi.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston

Baholaganlar

510

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing