13 ta tuman sudining raislari qayta tayinlandi
Jamiyat
−
21 yanvar 2020
8011O‘zbekiston Respublikasi “Sudlar to‘g‘risida”gi qonunning 63, 631, 632-moddalari va “O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida”gi qonunning 7, 17-moddalariga asosan Sudyalar oliy kengashi sudyalar va tuman sudlari raislarini tayinlash vakolatiga ega.
Sudyalar oliy kengashi ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar sho‘’basidan ma’lum qilishicha, kengashning 2020 yil 20 yanvardagi qarori bilan quyidagilar:
Abdurashid Abdullaxoshimovich Isakov sudyalik vakolati muddati davriga jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon viloyati Marhamat tuman sudining raisi lavozimiga;
Akram Abdurashidovich Hamrayev sudyalik vakolati muddati davriga fuqarolik ishlari bo‘yicha Navoiy viloyati Navbahor tumanlararo sudining raisi lavozimiga;
Bahodirjon Baxtiyorovich Ergashev sudyalik vakolati muddati davriga fuqarolik ishlari bo‘yicha Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanlararo sudining raisi lavozimiga;
Dilmurod Nishanbayevich Musayev sudyalik vakolati muddati davriga fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati Quyichirchiq tumanlararo sudining raisi lavozimiga;
Dilmurod Abdumalikovich Madaminov sudyalik vakolati muddati davriga jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan viloyati Pop tumani sudining raisi lavozimiga;
Doniyorjon Maxmudjonovich Madaminov sudyalik vakolati muddati davriga Farg‘ona viloyati Yozyovon tumani ma’muriy sudining raisi lavozimiga;
Jasur Rahmatovich Ochilov sudyalik vakolati muddati davriga Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanlararo iqtisodiy sudining raisi lavozimiga;
Ixtiyorjon Adxamovich Yusupov sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent viloyati Ohangaron tumanlararo iqtisodiy sudining raisi lavozimiga;
Sanjar Abdushukurovich Allaberdiyev sudyalik vakolati muddati davriga Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanlararo iqtisodiy sudining raisi lavozimiga;
Egamberdi Shodmonqulovich Olmosov sudyalik vakolati muddati davriga jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudining raisi lavozimiga;
Sultonmaxsud Rafiqmirzayevich Xolbatirov sudyalik vakolati muddati davriga jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan viloyati Chortoq tumani sudining raisi lavozimiga;
Ulug‘bek Nazirovich Oripov sudyalik vakolati muddati davriga fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanlararo sudining raisi lavozimiga;
O‘tkirbek Abduxalilovich Abduraxmanov sudyalik vakolati muddati davriga fuqarolik ishlari bo‘yicha Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanlararo sudining raisi lavozimiga;
Jasurbek Jo‘rayevich Xudoyberdiyev sudyalik vakolati muddati davriga jinoyat ishlari bo‘yicha Surxondaryo viloyati sudining sudyasi lavozimiga;
Bahodir Shavkatovich Azizov sudyalik vakolati muddati davriga fuqarolik ishlari bo‘yicha Qashqadaryo viloyati sudining sudyasi lavozimiga;
Ilyosjon Yaqubjonovich Usmonov sudyalik vakolati muddati davriga jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan viloyati sudining sudyasi lavozimiga;
Komiljon Abdusaidovich Nazarov sudyalik vakolati muddati davriga jinoyat ishlari bo‘yicha Surxondaryo viloyati sudining sudyasi lavozimiga;
Rahimjon Odilovich Qosimov sudyalik vakolati muddati davriga fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyati sudining sudyasi lavozimiga;
Umidaxon Xamidovna Soliyeva sudyalik vakolati muddati davriga fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan viloyati sudining sudyasi lavozimiga;
Ural Xolmurodovich Ne’matillayev sudyalik vakolati muddati davriga fuqarolik ishlari bo‘yicha Qashqadaryo viloyati sudining sudyasi lavozimiga;
Shavkat Choriyevich Quvvatov sudyalik vakolati muddati davriga jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro viloyat sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi.
Shuningdek, Sudyalar oliy kengashining qarori bilan jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax viloyat sudining sudyasi lavozimiga hamda jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudining sudyasi lavozimiga ham tayinlovlar amalga oshirildi.