Andijonda tadbirkor o‘zini osib qo‘ydi

3-sahifa

image

Andijon viloyatining Bo‘ston tumanida tadbirkor o‘zini daraxtga osib, joniga qasd qildi. Bu haqda viloyat prokuraturasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 23 iyun kuni “Bo‘z Iqbol chorvasi” MCHJ rahbari N.S. Bo‘ston tumanidagi “Buyuk turon chorvasi” fermer xo‘jaligi dala maydonidagi daraxtga arqon bilan o‘zini osib, vafot etgan. Hozirda holati bo‘yicha Bo‘ston tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Shuningdek, marhum rahbarlik qilgan “Bo‘z Iqbol chorvasi” MCHJ tomonidan tumandagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga yetkazib berilgan oziq-ovqat mahsulotlarining pullari to‘lab berilmagani haqidagi murojaati Bo‘ston tuman prokuraturasi tomonidan mutaxassislar ishtirokida ko‘rib chiqilmoqda.

Qay etilishicha, har ikkala holat bo‘yicha o‘tkazilayotgan tekshiruv  viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan. Natijalari haqida qo‘shimcha ravishda ma’lum qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, 25 iyul kuni Andijon viloyati Shahrixon tumanida 45 yoshli tadbirkor o‘z joniga qasd qilib, vafot etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon suitsid

Baholaganlar

708

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing