12 yil o‘tib Neymar “Santos” asosiy tarkibida maydonga tushdi

Sport

image

Kecha, 9 fevral kuni Braziliya Paulista ligasining 8-tur uchrashuvida “Novorizontino” hamda “Santos” jamoalari to‘qnash keldi va hamma uchrashuvni “Santos”ning asosiy tarkibida boshlagan Neymarning o‘yiniga guvoh bo‘ldi.

Bu Neymar uchun klubga qaytganidan keyin ikkinchi o‘yin va “Barselona”ga ketganidan 12 yil o‘tib asosiy tarkibdagi birinchi uchrashuvi bo‘ldi. “Botafogo San-Paulu” bilan so‘nggi uchrashuvda braziliyalik yulduz ikkinchi bo‘lim boshida maydonga tushgandi.

“Novorizontino”-“Santos” o‘yini yakunda golsiz durang bilan yakunlandi. Keyingi o‘yinda “Santos” safarda “Korintians”ga qarshi o‘ynaydi.

Ma’lumot uchun, hujumchi ushbu qishki transfer oynasida “Santos”ga o‘tdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirigacha amal qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Neymar Braziliya Santos

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing