12 yoshli bolaning intellekti Eynshteyn darajasida ekani ma’lum bo‘ldi
Bu qiziq
−
01 fevral
9476Buyuk Britaniyalik 12 yoshli maktab o‘quvchisi Yer yuzidagi "Eng aqlli odamlar klubi” deb ataladigan Mensa tashkilotiga qabul qilindi. Bu haqda “Daily Mail” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, Janubiy Yorkshir shtatining Sheffild shahrida yashovchi maktab o‘quvchisi Sayrus Lyun Mensa IQ testida 160 ball to‘pladi. Bu o‘z navbatida "Nisbiylik nazariyasi" muallifi Albert Eynshteyn va mashhur astrofizik Stiven Xokingning aqliy darajasi bilan bir xilligini ko‘rsatadi.
Lyun pianino chalishni yaxshi ko‘radi va kelajakda matematik bo‘lishni xohlaydi. U bunday yuqori ball to‘plashga muvaffaq bo‘lganidan juda faxrlanishini, biroq bu natija o‘zi uchun kutilmagan hol bo‘lganini aytgan.
Bolaning otasi Frank Lyun esa o‘g‘lining o‘zi singari aqlli do‘stlarini topishi uchun Mensa'ga qo‘shilishga chorlagan.
“Men bolalarning Mensa'ga qo‘shilishi haqidagi ba’zi maqolalarni o‘qib chiqib, bu Sayrusning rivojlanishi uchun muhim qadam bo‘ladi, deb o‘yladim”, deydi u.
Ma’lumot uchun, ushbu tashkilotga faqat IQ darajasi dunyo aholisining 98 foizidan yuqori bo‘lganlargina qo‘shilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning iyul oyida Buyuk Britaniyada Adrian Li ismli 11 yoshli bola aqliy qobiliyat darajasi (IQ) bo‘yicha Stiven Xoking va Albert Eynshteynni ortda qoldirib, dunyo bo‘yicha eng yuqori natijani qayd etgan edi.
LiveBarchasi