12 mlrd so‘m “rastrata” qilingan “Andijonneft”ga yangi rahbar tayinlandi
O‘zbekiston
−
27 Noyabr 2019 11335 1 daqiqa
“O‘zbekneftegaz” AJning hududiy tuzilmasida rahbarlik lavozimiga tayinlov amalga oshirildi. Bu haqda kompaniya Matbuot xizmati xabar berdi.
Jaloliddin Mansurovich Bekmurodov “Andijonneft” AJ Boshqaruvi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi.
Bungacha Jaloliddin Bekmurodov “O‘zbekneftgaz”AJda Boshqarma boshlig‘i vazifasini bajarib kelgan.
Eslatib o‘tamiz, “Andijonneft” aksiyadorlik jamiyati faoliyati yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida o‘tkazilgan tekshiruvda 12 mlrd 825 mln so‘mlik talon-tarojlik aniqlangandi.
Live
Barchasi