12 iyulgacha belgilangan karantin choralari bugundan tugatiladimi? SSV javob berdi
Jamiyat
−
12 iyul 2021
20182Ijtimoiy tarmoqlarda karantin cheklovlari tugatilishi bilan bog‘liq tarqalgan xabarlar asossiz. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ayrim ijtimoiy tarmoqlarda yaqinda Respublika maxsus komissiya tomonidan kiritilgan karantin cheklovlari tugatilishi haqida asossiz xabarlar tarqalgan. Respublika maxsus komissiyasi tomonidan bir qator cheklovlar bilan birga kafe, restoran va boshqa ko‘ngilochar muassasalarning 08:00 dan 20:00 gacha ishlashiga ruxsat berilgan edi.
Mazkur holat yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi shuni ma’lum qiladiki, ushbu tartiblar Respublika maxsus komissiyasi tomonidan ma’lum bir muddat uchun qabul qilingan emas, ya’ni epidemiologik vaziyat barqarorlashganda ushbu cheklovlar bekor qilinadi. Ammo hozirda ularga hech qanday o‘zgarish kiritilmagan.
Agar karantin qoidalariga oid biror o‘zgarish kiritilsa, buni Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy sahifalari orqali e’lon qilinadi.
LiveBarchasi