11 oyda AQSHga qancha o‘zbekistonlik borgani ochiqlandi
Jamiyat
−
12 yanvar 11580 1 daqiqa
2025 yilning yanvar–noyabr oylarida jami 15 259 nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda AQSHga safar qilgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,2 ming nafarga oshgan.
Ularning safar maqsadlari bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha:
- sayohat – 10 841 nafar;
- qarindoshlarni yo‘qlash – 3 750 nafar;
- o‘qish – 333 nafar;
- xizmat yuzasidan – 307 nafar;
- davolanish – 28 nafar.
Eslatib o‘tamiz, 2025 yilning 30 dekabr kunidan boshlab AQSH Turli millatga mansub immigrantlar vizasi (DV) dasturi bo‘yicha vizalar berishni to‘xtatib qo‘ygandi.
Live
Barchasi