Qurbon hayiti kuni metro va avtobuslar ertaroq ish boshlaydi

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatda Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risidagi qaror qabul qilingani haqida xabar bergan edik.

Shu munosabat bilan, 11 avgust kuni Toshkent shahrida jamoat transportlarining ish tartibida o‘zgarishlar bo‘ladi.

“Toshkent metropoliteni” AJ Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, joriy yilning 11 avgust kuni Toshkent metropolitenining barcha yo‘nalishida poyezdlar harakati soat 04:30 da boshlanadi.

“Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan ham Hayit kunlari poytaxt ahliga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida avtobuslar 4:30dan yo‘nalishlarga chiqariladi.

Jome masjidlari atrofida “Toshshahartransxizmat” AJ mutasaddi xodimlarining 5:00 dan 8:00 gacha navbatchiligi tashkil etiladi. Jome masjidlari oldidan o‘tuvchi yo‘llarda harakat vaqtincha cheklangan taqdirda avtobuslarni mazkur hududga yaqin, yo‘lovchilar uchun qulay bo‘lgan yo‘llardan o‘tkazish choralari ko‘riladi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent avtobus metro

Baholaganlar

8

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing