11 abituriyentning o‘rniga imtihonga kirmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari oxirlab qoldi. Imtihonlar vaqtida shaffoflikni ta’minlash uchun ko‘rilayotgan choralarga qaramay, test sinovlaridan qing‘ir yo‘llar bilan o‘tishga urinayotganlar topilyapti. 

Qarshi ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati manejida shu kunga qadar bo‘lib o‘tgan test sinovlarida ham ba’zi qonunbuzilish holatlari aniqlandi. Qoidani buzgani uchun 17 nafar abituriyent imtihonlardan chetlashtirildi. Misol uchun, 11 nafar abituriyent o‘rniga boshqa shaxslar testga kirmoqchi bo‘lishdi. 6 nafar abituriyent esa imtihon o‘tadigan binoga o‘zi bilan mobil aloqa qurilmasi olib kirishga urindi.

Xususan, Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro O‘.I fuqaro Xayriddinov Odilbek o‘rniga Toshkent davlat texnika universitetiga, Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida yashovchi fuqaro F.S fuqaro Sirojov Olmos o‘rniga Qarshi davlat universitetiga kirish test sinovlarini bajarish uchun kirayotgan vaqtda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan ushlandi. Ularga nisbatan belgilangan tartibda tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan. Bundan tashqari Qarshi tumanida yashovchi fuqaro A.Z. ham imtihon jarayonida foydalanish maqsadida o‘zi bilan “Masterkard” rusumli telefon apparatini olib kirayotganda fosh bo‘ldi. Fuqarodan ushbu qurilma tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi hamda u testdan chetlashtirildi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

OTM imtihon Qarshi

Baholaganlar

61

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing