11,4 kg giyohvand moddalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi (video)

3-sahifa

image

O‘zbekistonning Samarqand, Jizzax va Toshkent viloyatlarida giyohvand moddalari bilan bog‘liq holatlar aniqlandi. Bu haqda Davlat xavfsizligi xizmati Matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, Jizzax viloyatining Baxmal tumanida yashovchi fuqaro Samarqand viloyatining Urgut tumaniga borib, tanishidan 1 kg 916 gr “opiy” moddasini olib, yashash manziliga qaytib ketayotgan vaqtda Bulung‘ur tumanida ushlangan. Shundan so‘ng undan giyohvandlik vositasi tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, unga ushbu moddani bergan fuqaroning Urgut tumanidagi yashash xonadoni ko‘zdan kechirilgan. Uning uyida kelgusida sotish maqsadida saqlanayotgan 7 kg 331 gr “opiy” moddasi borligi aniqlangan. U ham protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Bundan tashqari, Samarqand viloyatining Urgut tumanida yashovchi fuqaro 469 gr “opiy” moddasini 8 ming AQSH dollariga sotayotgan vaqtida ushlangan.

Ta’kidlanishicha, mazkur shaxs muqaddam giyohvand moddalari savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlanib, jazo muddatini o‘tagan.

Shuningdek, tezkor surishtiruv harakatlari davomida u giyohvandlik moddasini Urgut tumanida yashovchi fuqarodan 5 ming AQSH dollariga sotib olgani aniqlanib, u ham qo‘lga olingan.

Shu bilan birga Toshkent viloyatida kuzatilgan holatda namanganlik ayol Bekobod shahrida boshqa bir fuqarodan 1 kg 696 gr “gashish” moddasini Namangan viloyatiga yetkazib berish uchun olib ketayotgan vaqtda ushlangan.

Aniqlanishicha, narkotik moddani Namangan viloyatining Pop tumaniga olib borib, kerakli joyda qoldirib ketishi uchun ayolga 200 AQSH dollari berilgan.

Ta’kidlanishicha, barcha holatda giyohvandlik vositalari mamlakatga Tojikistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan.

“Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi DXX xabarida.

O‘zbekistonning Samarqand, Jizzax va Toshkent viloyatlarida 11,4 kg giyohvand moddalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi 

Ta’kidlanishicha, mazkur shaxs muqaddam giyohvand moddalari savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlanib, jazo muddatini o‘tagan.


Maqola muallifi

Teglar

giyohvand moddalar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing