109 ming dollarga yer olib berishni va’da qilgan tadbirkor va fermer ushlandi

3-sahifa

image

Farg‘ona va Namanganda yer maydonini olib berishni va’da qilib, buning evaziga50 million so‘m va 12 000 AQSH dollari olgan rahbarlar ushlandi. Bu haqda  Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Matbuot xizmati xabar berdi.

Farg‘ona viloyatida “O.” xususiy korxonasi rahbari F.Q. korxonaga ishlab chiqarish sexi tashkil etish uchun ajratilgan 0,9 gektar yer maydonini sotish vakolatiga ega bo‘lmasada, fuqaro I.ga ushbu yer maydonining 0,5 gektarini olib berishni va’da qilgan. Buning evaziga esa u I.dan talab qilingan 100 000 AQSH dollaridan 12 ming dollarni olayotgan vaqtida ushlangan. 

Xuddi shunday holat, Departamentning Namangan shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ham aniqlangan.

Ma’lum qilinishicha, “A.” fermer xo‘jaligi rahbari M.A. fuqaro D.ga xo‘jalikning 5 gektar yer maydoniga 96 million so‘m evaziga bog‘ tashkil etish uchun tanishlari yordamida hujjatlarni rasmiylashtirib berishni va’da qilgan. M.A. fuqaro D.dan talab qilingan  50 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

110

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing