100 million! Koronavirusga chalinish bo‘yicha yangi antirekord kutilmoqda

Olam

image

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 99 mln 830 ming 738 nafarni tashkil etmoqda. 

Jahon miqyosida COVID-19 kasalligi asoratlari oqibatida vafot etganlar soni 2 mln 140 ming 313 nafarga yetgan. Shuningdek, 71 mln 829 ming 732 kishi ushbu kasallikni yenggan. 

AQSH koronavirus yuqtirgan va kasallikdan vafot etganlar soni bo‘yicha yetakchi mamlakat bo‘lib qolmoqda. Okean orti mamlakatida COVID-19 yuqtirganlarning umumiy soni 25 mln 702 ming 125 nafarga yetgan. 429 ming 490 kishi vafot etgan va 15 mln 409 ming 639 kishi sog‘aygan. 

Infeksiya yuqtirganlar soni bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda Hindiston bormoqda. Hind diyorida pandemiya boshlanganidan beri tasdiqlangan holatlar soni 10 mln 668 ming 674 tani tashkil etmoqda. 153 ming 508 kishi virus qurboni bo‘lgan, shuningdek, 10 mln 330 ming 84 kishi sog‘ayib ketgan. 

Koronavirus yuqtirganlar soni bo‘yicha Braziliya dunyoda uchinchi o‘rinni egallaydi. Mamlakatda pandemiya davrida 8 mln 844 ming 600 nafar kishi koronavirusga chalingan. Shundan 217 ming 81 kishi vafot etgan, 7 mln 653 ming 770 kishi kasallikni yenggan. 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 78 ming 429 nafarni tashkil etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

202

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing