100 kun. G‘azoda bugungacha qancha odam o‘lgani aytildi

Olam

image

2023 yilning 7 oktyabr kuni Yaqin Sharqda keskinlik kuchayganidan beri G‘azo sektorida kamida 24 100 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda G‘azo sektori Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, jami 60 834 kishi jabrlangan. Isroil armiyasining harakatlari oqibatida so‘nggi 24 soat ichida G‘azoda 132 kishi halok bo‘lgan, yana 252 kishi jarohatlangan.

Bayonotda aytilishicha, janglar oqibatida vayron bo‘lgan binolar ostida va G‘azo yo‘llarida ko‘plab qurbonlarning jasadlari qolmoqda. Qutqaruvchilar va mahalliy fuqaro muhofazasi xodimlari ularni qutqarib ulgurmayapti.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 10 yanvar kuni G‘azoda vafot etganlar 23 mingdan oshgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing