100 ga yaqin migrantlar Polsha chegarasini buzishga urindi

Olam

image

17 noyabrdan 18 noyabrga o‘tar kechasi Polsha chegarasini kesib o‘tmoqchi bo‘lgan 100 yaqin qochoqlar Polsha xavfsizlik xizmati tomonidan qo‘lga olindi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligi Twitter sahifaasida ma’lum qilgan

Vazirlikning ta’kidlashicha, Belarus xavfsizlik kuchlari chegarani kesib o‘tmoqchi bo‘lgan qochoqlarni boshqargan va chegarani kesib o‘tishda ularga yordam bergan.

“Belarus xizmatlari dastlab razvedka ishlarini olib bordi. Katta ehtimol bilan ular chegaradagi devorga zarar yetkazgan. Keyin belaruslar polshalik askarlarni chalg‘itish uchun migrantlarni ularga qarshi tosh otishga majbur qilishgan. Chegarani kesib o‘tishga urinish esa bir necha yuz metr narida sodir bo‘ldi”, deyiladi vazirlik xabarida.

Qayd etish joizki, Belarus hukumati Polsha bilan chegarada qolib ketgan muhojirlarni koronavirusga qarshi emlashni boshlamoqchi.

Ta’kidlanishicha, qochqinlarning o‘zlari koronavirusga qarshi emlashni so‘ragan. 

So‘nggi paytlarda Litva, Latviya va Polsha Belarus bilan chegarada Yaqin Sharq va Afrikadan hibsga olingan noqonuniy muhojirlar sonining ko‘payishi haqida xabar berdi, Minsk migratsiya inqirozini yaratishda ayblandi. Minsk barcha ayblovlarni rad etdi. Vaziyat munosabati bilan Polsha Prezidenti Belarus bilan chegaradosh hududlarda favqulodda holat joriy qildi, chegarani himoya qilishga armiya va politsiya jalb qilindi. 

Belarus chegarachilari Litva, Polsha va Latviya tomonidan muhojirlarni Belarus hududiga majburan chiqarib yuborish haqida bir necha bor bayonot bergan. O‘tgan haftada Belarusning Polsha bilan chegarasi yaqinida 2 mingga yaqin kishidan iborat qochqinlar lageri tashkil etildi.


Maqola muallifi

Teglar

chegara Belarus'-Pol'sha

Baholaganlar

45

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing