100 ga yaqin mamlakatda iPhone foydalanuvchilari kiberhujumga uchradi
Texnologiya
−
11 aprel
6456Apple 92 mamlakatdagi foydalanuvchilarga josuslik dasturlari hujumi qurboni bo‘lgani haqida bildirishnoma yubordi. Bu haqda bugun, 11 aprel kuni “Reuters” xabar berdi.
“Apple siz Apple ID bilan bog‘langan iPhone'ni masofadan buzishga urinayotgan xakerlik josuslik dasturi hujumi qurboni ekanligingizni aniqladi”, deyiladi foydalanuvchilarga yuborilgan xabarda.
Bildirishnomada tajovuzkorlar haqida batafsil ma’lumotlar va foydalanuvchilari ogohlantirilgan mamlakatlarning nomlari ko‘rsatilmagan.
“Ilgari bunday miqyosdagi kiberhujumlar haqida gap ketganda, Apple ularni "davlat homiyligida" deb ta’kidlagan bo‘lsa, endi bu ibora yo‘qoldi”, deb ta’kidlaydi “Reuters”.
Oxirgi xabarnomada foydalanuvchilar “yollangan xakerlarning maqsadli hujumi” qurboni bo‘lgan bo‘lishi mumkinligi aytiladi.
“Reuters” manbasiga ko‘ra, Apple Hindiston hukumatining kompaniyadan yirik kiberhujumlarni davlat bilan bog‘lamaslikni talab qilgan bosimidan so‘ng matnni o‘zgartirgan bo‘lishi mumkin. Gap shundaki, 2023 yilning kuzida Hindistondagi muxolifat siyosatchilari Bosh vazir Narendra Modi hukumatini ularning mobil telefonlarini buzib kirishga urinishda aybladi. Bu Apple "davlat tomonidan homiylik qilingan" xakerlik hujumlari haqida ogohlantirganidan keyin sodir bo‘ldi.