10 yilgacha qamoq yoki 11 150 000 so‘m. O‘zbekistonda karantinni buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda karantin qoidalarini buzganlik uchun jarima 11 million 150 ming so‘mgacha oshirildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari Erkin Yo‘ldoshev ma’lum qilyapti. 

“Kuni kecha bo‘lib o‘tgan Senat yalpi majlisida karantin qoidalariga rioya etmaslik uchun jazo choralarini kuchaytirishga qaratilgan Qonun ma’qullandi.

Endilikda karantin qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy jarima miqdori fuqarolar uchun — 6 690 000 so‘mgacha, mansabdor shaxslar uchun — 11 150 000 so‘mgacha oshirildi.

Jinoiy jazo ham kuchaytirilib, 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi haqida haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarni tarqatish, aholi orasida vahima chiqarish uchun ham — jinoiy javobgarlik belgilandi”, deydi Erkin Yo‘ldoshev.

Eslatib o‘tamiz, 25 mart holatiga ko‘ra O‘zbekistonda 90 kishi javobgarlikka tortilgan bo‘lar, ulardan 87 nafariga ma’muriy, 3 nafariga jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Mamlakatda qariyb 30 ming kishi karantinga olingan. 


Maqola muallifi

Teglar

karantin koronavirus

Baholaganlar

884

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing