10 yildan buyon O‘zbekistonda qidiruvda bo‘lgan shaxs Turkiyada ushlandi

3-sahifa

image

10 yildan buyon O‘zbekisonda avtomobil savdosida ko‘plab firibgarlik jinoyatlarini sodir etganlikda ayblanib qidiruvda bo‘lgan shaxs Turkiyada qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Turkiya va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 2015 yildan buyon avtomobil oldi-sotdi sohasida ko‘plab firibgarlik jinoyatlarini sodir etganlikda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan 56 yoshli I.U.B. Istanbul shahrida qo‘lga olingan va joriy yilning 11 yanvar kuni Bosh konsulxona xodimlari ishtirokida O‘zbekistonga deportatsiya qilingan.

“Ushbu shaxsning hatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yoxud uning quyi tizimlariga murojaat qilish so‘raladi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyada huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda to‘rt yildan beri qidiruvda bo‘lgan 26 yoshli O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya O'zbekiston qidiruvdagi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing