10 yilda necha kishi O‘zbekistondan butunlay ketgan?

Bu qiziq

image

So‘nggi 10 yilda O‘zbekistondan boshqa davlatga doimiy yashash uchun ko‘chib ketganlarning soni 346 562 kishini tashkil qiladi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.

So‘nggi 10 yilda mamlakatdan xorijga doimiy yashash uchun ko‘chib ketganlar kesimida:

•  2010 yilda – 44 420 kishi;
•  2011 yilda – 50 816 kishi;
•  2012 yilda – 45 447 kishi;
•  2013 yilda – 38 589 kishi;
•  2014 yilda – 42 228 kishi;
•  2015 yilda – 31 765 kishi;
•  2016 yilda – 28 069 kishi;
•  2017 yilda – 20 772 kishi;
•  2018 yilda – 17 579 kishi;
•  2019 yilda – 13 229 kishi;
•  2020 yilda – 13 648 kishi.

Avvalroq, joriy yilning 1 oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonga ko‘chib kelganlar 1,4 ming kishini, ko‘chib ketganlar esa ancha ko‘proq, aniqrog‘i 19,7 ming kishini tashkil etgani haqida xabar bergandik. Oradagi farq 14 barobardan yuqori.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

366

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing