10 yil qidiruvda bo‘lgan shaxs Toshkentga kelib, qo‘lga tushdi

Jamiyat

image

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida 10 yildan beri qidiruvda bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Joriy yilning 27 noyabr kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Samarqand viloyati IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash boshqarmasi xodimlari tomonidan Urgut tumani Jartepa mahallasida yashagan, 1983 yilda tug‘ilgan H.J. qo‘lga olindi.

U Samarqand viloyati IIB 2009 yil 8 aprelida qidiruvga berilgan. H.J. “Novosibirsk–Toshkent” aviareysida uchib kelgan vaqtida ushlangan.


Maqola muallifi

Teglar

qidiruv

Baholaganlar

1173

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing