10 soniyada 500 million so‘m: Mobiuz abonentlar uchun noyob aksiya boshladi

Biznes

image

Mobiuz mobil aloqa operatorining yangi MobiWin 2.0 aksiyasida ballarni to‘plash va vaqtni aniq his etish orqali g‘olib bo‘lish mumkin.

Judayam oddiy shartlar

Mobiuz 2026 yil 31 maygacha davom etadigan keng ko‘lamli MobiWin 2.0 aksiyasi boshlanganini e’lon qildi. Bu vaqt ichida operatorning yangi hamda amaldagi abonentlari o‘z hayotini o‘zgartirish uchun haqiqiy imkoniyatga ega bo‘ladilar. Hech qanday kuponlar, lotereyalar va tasodifiy o‘yinlar yo‘q – faqat faollik, strategiya va finalda o‘zini tuta bilish talab etiladi.

Aksiya shartlari bir vaqtning o‘zida ham oddiy, ham hayajonli. Ishtirok etish uchun bevosita Mobiuz mobil ilovasida ball to‘plash kifoya: har kungi foydalanib turish, xizmatlarga to‘lov qilish, internet-to‘plamlarni yoqish, do‘stlarni taklif etish va hatto, shunchaki ilovaning yangi bo‘limlarini o‘rganish uchun ballar beriladi.

12 ta haftalik sovrinlar va maxsus imkoniyatlar

Abonent Mobiuz xizmatlaridan qanchalik faol foydalansa, uning reytingdagi o‘rni shunchalik yuqori bo‘ladi. Ballar bir vaqtning o‘zida ikkita: haftalik va umumiy jadvallarda hisobga olinadi. Birinchisi, aksiya doirasida 12 hafta davomida har hafta 5 000 000 so‘mdan yutib olish imkonini beradi. Ikkinchisi esa bosh sovrin sari yo‘l ochadi.

40 000 so‘mlik MobiWin 5 GB promo-to‘plami alohida e’tiborga loyiq: u hafta davomida to‘plangan barcha ballarni ikki barobarga oshirish imkoniyatini taqdim etadi. Bu – g‘alabani ko‘zlaganlar uchun kuchli taktik vositadir.

Ilovaga har kuni kirish ham muhim: qo‘shimcha ballar kun sayin (1 dan 7 ballgacha) o‘sib boradi. 

Finalda 5 ta pul sovrini

Aksiya davomida eng ko‘p ball to‘plagan besh nafar finalchi studiyadagi shouda uchrashadi. Shou kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida jonli efirda ko‘rsatiladi.

Beshta finalist o‘rtasida antiqa bellashuv bo‘lib o‘tadi – ekranda vaqt ko‘rsatiladi, ishtirokchilar roppa-rosa 10 soniyada maxsus tugmani bosishlari kerak bo‘ladi. Bosilgan vaqt 10 soniyadan qanchalik ko‘p farq qilsa, shu ishtirokchi o‘yindan chiqadi va 50 000 000 so‘mni qo‘lga kiritadi. Shu tarzda 4 ta finalist 50 000 000 so‘mlik sovrinlarni qo‘lga kiritadi. 10 soniyani eng aniq aniqlay olgan ishtirokchi esi asosiy g‘olibga aylanadi hamda 500 000 000 so‘mlik super yutuqqa ega bo‘ladi. 

Aksiyaning to‘liq shartlari bilan mobiwin.mobi.uz saytida tanishib chiqish mumkin.

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

aktsiya Mobiuz sovrinlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing