10 nafar rossiyalik josus qo‘lga olindi

Olam

image

Estoniyada Rossiya maxsus xizmatlarining 10 nafar josusi qo‘lga olindi. Bu haqda Estoniya Bosh vaziri Kaya Kallas X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.

"Biz Rossiya xavfsizlik kuchlarining o‘z hududimizda gibrid operatsiyasini muvaffaqiyatli aniqladik. Kreml barcha demokratik jamiyatlarni nishonga olmoqda. Bizning javobimiz esa buni fosh qilishdir", degan Kallas.

Yana bir postida Bosh vazir diktatorlar erkin va adolatli saylovlarni odamlarning zaifligi deb bilishi, ammo g‘alabani aniq maqsad qilib qo‘yiladigan bo‘lsa, demokratiya ham katta kuch va qudrat ekanligini qayd etgan.

"Saylovlar mashmashasi yoki partiyaviy-siyosiy chalg‘itishdan qat’i nazar, ukrainaliklarga yordam berishga ishonch hosil qilaylik", degan u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Estoniya Bosh vaziri Kaya Kallas jinoiy ish yuzasidan Rossiyada qidiruvga berilgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Estoniya Bosh vazir josus

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing