10 martdan Toshkent shahrida isitish to‘xtatilishi rejalashtirilmoqda

Jamiyat

image

Joriy yilning 10 martidan Toshkent shahrida 2022-2023 yilgi isitish davri yakunlanishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda poytaxt hokimligi ma’lum qildi.

Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra, isitish davri tashqi havoning o‘rtacha sutkalik harorati 8 darajadan past bo‘lgan 5 kunlik davr tamom bo‘lgandan keyingi kundan boshlanishi, 8 darajadan yuqori bo‘lganda esa to‘xtatilishi kerak.

“Shundan kelib chiqib, mart oyidan havo harorati isigani va o‘rtacha sutkalik harorat 10 darajadan yuqori bo‘layotganini inobatga olgan holda, 2023 yilning 10 mart kunidan 2022-2023 yilgi isitish davri yakunlanishi rejalashtirilayotganini ma’lum qilamiz”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing