10 dan ortiq davlat organi Prezident farmoni ijrosida kamchilikka yo‘l qo‘ygan – Aksilkorrupsiya agentligi

Jamiyat

image

Joriy yilning 20 dekabr holatiga ko‘ra, 10 dan ortiq davlat organlari va tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta’minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonini tegishincha ijro etmagan. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi ma’lum qildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi masofaviy o‘rganishlar davomida davlat organlari va tashkilotlari tomonidan quyidagi ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlarning belgilangan resurslarda ochiqlanishi holati o‘rganilgan:

•    davlat xaridlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

•    mansabdor shaxslarning xizmat safarlari va xorijdan tashrif buyurgan mehmonlarni kutib olish xarajatlari;

•    davlat organlari va tashkilotlari tasarrufidagi xizmat avtomototransport vositalari, xizmat uylari va boshqa ko‘chmas mulklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

•    tasdiqlangan yillik xarajatlar smetasi va uning ijrosito‘g‘risidagi ma’lumot;

•    mahalliy byudjetlarning har chorak yakunida shakllantiriladigan daromadlar va xarajatlar smetasi, rejadan orttirib bajarilgan qismi va mazkur mablag‘lar yo‘naltirilgan maqsadlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar va boshqalar.

O‘rganishlar natijalariga ko‘ra, 10 dan ortiq davlat organlari va tashkilotlari, jumladan, Moliya, Adliya va Xalq ta’limi vazirliklari, shuningdek, Davlat soliq qo‘mitasi, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi, Sudyalar oliy kengashi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qashqadaryo, Andijon, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahar hokimliklaritomonidan Farmonning yuqoridagi bandlari ijrosini ta’minlashda qator kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlangan hamda ushbu kamchiliklarning oldini olish bo‘yicha ularga tegishli tavsiyalar berilgan.


Maqola muallifi

Teglar

korruptsiya

Baholaganlar

129

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing