10 hokim ishdan olindi, 28 nafariga nisbatan intizomiy chora ko‘rildi

Jamiyat

image

O‘zbekistondagi 10 ta shahar va tumanlarning hokimlari ishdan olinadi, 28 nafariga nisbatan intizomiy jazo choralari ko‘riladi. Bu haqda bugun, 17 iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash yuzasidan birinchi yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar va kelgusi vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Bildirilishicha, yig‘ilishda faoliyatida tizimli kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan 28 ta tuman-shahar hokimiga nisbatan intizomiy jazo choralarini ko‘rish, Qorao‘zak, Taxiatosh, Uchquduq, Toshkent, Furqat, Gurlan, Mirzaobod, Yangiariq, Mingbuloq tumanlari, G‘ozg‘on shahri hokimlarini ishdan olish bo‘yicha Bosh vazir Abdulla Aripovning taklifi qo‘llab-quvvatlandi.

Shuningdek, Prezident iqtisodiyot, moliya va kambag‘allikni qisqartirish kompleksidagi ustuvor vazifalarni belgilab berdi.

Farg‘ona viloyati misolida juda katta resurslar hali ishga solinmagani tahlil qilindi. Bundan buyon tuman hokimlarining o‘z hududida mahsulotni ko‘paytirish bo‘yicha hisobdorligi bo‘lishi belgilandi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligiga hududiy ishlab chiqarishni ko‘paytirish bo‘yicha 10 ta hisobdorlik ko‘rsatkichini belgilash topshirildi.


Maqola muallifi

Teglar

hokim

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing