1-sinfga onlayn qabul boshlandi

Jamiyat

image

2025-2026 o‘quv yili uchun 1-sinfga onlayn qabul bugun, 20 iyun kuni soat 09:00 dan boshlandi. Bu haqda Maktab va maktabgacha ta’lim vazirligi xabar berdi.

Elektron arizalarni vazirlikning my.maktab.uz elektron platformasi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali yuborish mumkin.

Agar elektron qabul jarayonlari yuzasidan savollar bo‘lsa, call-markazning 71-203-07-04, 71-203-04-03 raqamlari yoki Telegram'dagi  @mymaktab_uz rasmiy kanali orqali javob olish mumkin.

Qayd etish joiz, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, bolalar 7 yoshga to‘ladigan yilda maktabga qabul qilinadi. Bu yil 1-sinfga 2018 yilning 31 dekabriga qadar tug‘ilgan bolalar qabul qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq oliy ta’lim muassasalari va akademik litseylarga hujjatlarni qabul qilish boshlangani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Maktab 1-sinf

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing