1 oktyabrdan chegaralar ochiladi – Respublika maxsus komissiyasi qarori
Jamiyat
−
17 Sentabr 2020
255161 oktyabrdan O‘zbekiston hududiga aviatsiya, temir yo‘l va avtoyo‘l o‘tkazish punktlari orqali kirib-chiqishga ruxsat berildi. Bu haqda O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining navbatdagi qarorida belgilandi.
Avval joriy qilingan cheklovlar bekor qilinadi.
Mas’ul idoralarga chet davlatlar mutasaddi idoralari bilan muzokaralar o‘tkazib, barcha turdagi xalqaro qatnovlar (avia, temir yo‘l, avtobus qatnovlari) sonini ko‘paytirish bo‘yicha topshiriq berildi.
1 oktyabrdan boshlab, Qozog‘iston, Turkmaniston, Tojikiston va Afg‘oniston bilan chegarada joylashgan avtoyo‘l o‘tkazish punktlari orqali O‘zbekistonga kirayotgan shaxslar koronavirusga PZR yoki ekspress-test yoxud antigen tekshiruvidan o‘tgan holda 14 kunga mehmonxona yoki uy karantiniga yuboriladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni aniqlangandi. 16 martdan e’tiboran mamlakatda havo, quruqlik va temir yo‘l orqali tashuvlar to‘xtatildi, chegaralar yopildi.
LiveBarchasi