1 martdan poyezd chiptalari narxi oshadi

Jamiyat

image

2019 yilning 1 martidan boshlab barcha mahalliy yo‘nalishlarda qatnovchi yo‘lovchi poyezdlar chiptalari narxi 20 foizga oshiriladi. Bu haqda "O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyati xabar berdi.

Qayd etilishicha, faqat "Afrosiyob" tezyurar poyezdlari uchun chipta narxlari o‘zgarishsiz qoldirilgan. Eslatib o‘tamiz,  "Afrosiyob" tezyurar poyezdlari chipta narxlari 2018 yilda ikki marta – avgust va noyabr oylarida oshirilgan edi.

"Bu o‘z navbatida har kuni sarflanib kelinayotgan elektr energiya, xom ashyolar, harakatlanish davomida vujudga keladigan barcha harajatlarni qoplash va poyezdda xizmat ko‘rsatuvchi barcha xodimlarga munosib ish haqini to‘lashga zamin yaratadi" deyiladi kompaniya xabarida.

Shuningdek, narxlarni tartibga solish orqali poyezd yo‘nalishlar sonini ko‘payishi va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘nalishlarni doimiy ravishda ta’minlanishi bildirilgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston temir yo'llari poezd chipta Afrosiyob

Baholaganlar

42

Reyting

2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing