“Mikrokreditbank”ga yangi rais tayinlandi
Jamiyat
−
11 Fevral 2020 14281 1 daqiqa
“Mikrokreditbank”ga yangi rais tayinlandi. Bu haqda bankning rasmiy saytida xabar berildi.
Bo‘tayev Orif Aliboyevich “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki boshqaruvi raisi etib tayinlandi.
Bugungacha Orif Bo‘tayev “O‘zsanoatqurilishbank” ATB boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Orif Bo‘tayev 1983 yil Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. 2006 yilda Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetining bakalavriat bosqichini – “Bank ishi”, 2012 yilda Bank-moliya akademiyasining magistratura bo‘limini –“Investitsiyalarni boshqarish” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
Live
BarchasiBayden va uning rafiqasi hujumga uchradi
11 Noyabr
11 Noyabr