1 kg “gashish” $20 ming evaziga. Bekobodda ism familiyasini o‘zgartirgan og‘ufurush qo‘lga tushdi
3-sahifa
−
27 Sentabr 2021
7691Joriy yilning 18 sentyabr kuni Toshkent viloyati Bekobod tumanida 1 kg “gashish” giyohvandlik vositasini 20 000 AQSH dollari evaziga sotayotgan shaxs ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bekobod tumani Farhod mahallasida yashovchi 1981 yilda tug‘ilgan Elbek Abdiyev (ism familiyasi o‘zgartirilgan) tumanning Zafar qo‘rg‘oni markazida 20 000 AQSH dollari evaziga 1 kg “gashish” giyohvandlik vositasini maxsus xaridorga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Xabarga ko‘ra, hozirda mazkur holat yuzasidan qo‘shimcha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 16 sentyabr kuni Toshkent viloyati Chinoz tumanida giyohvandlik vositalari, xususan, kannabis va marixuana yetishtirish uchun tashkil qilingan “maxsus laboratoriya” aniqlangan. Bundan tashqari, 23 sentyabr kuni Toshkent viloyatidagi xonadonlarning birida huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan 20 kg marixuana, 11 tup kannabis hamda nasha va ko‘knor urug‘i topilgan.
LiveBarchasi