1 iyundan “medik”larning oyligi oshiriladi
Jamiyat
−
18 mart 2022
10631Joriy yilning 1 iyunidan O‘zbekistonda tibbiyot xodimlarining oylik maoshi malaka toifasiga qarab yana 15 foizgacha oshiriladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev sog‘liqni saqlash sohasi xodimlari bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.
Davlat rahbari avvalo bu yil byudjet tashkilotlari qatorida, tibbiyot xodimlarining oylik ish haqini ham kamida 10 foizga oshirish reja qilinganini ta’kidladi.
Bunga qo‘shimcha ravishda joriy yil 1 iyundan:
• tibbiyot xodimlarining oylik maoshi malaka toifasiga qarab yana 15 foizgacha oshirilishi;
• yuqori texnologik murakkab operatsiyalarni bajargan shifokorlarga esa yana 25 foiz miqdorida ustama to‘lanishi belgilandi.
Bundan tashqari, endilikda Tibbiyot xodimlarini rag‘batlantirish jamg‘armasiga yiliga 1,5 trillion so‘m ajratiladi. Ushbu mablag‘lar hisobidan:
• alohida natijaga erishgan, halol va vijdonan ishlayotgan shifokor va hamshiralarga 100 foizgacha oylik ustamalar ham belgilanadi;
• yangi ish boshlagan fidoiy yosh shifokorlarga 1 million so‘mgacha maxsus oylik ustama to‘lash tartibi joriy etiladi.
LiveBarchasi