1 iyundan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?
Jamiyat
−
01 iyun
27359Joriy yilning 1 iyun sanasidan boshlab O‘zbekiston qonunchiligida bir qancha o‘zgarishlar bo‘ladi. Quyida shular bilan tanishishingiz mumkin:
- Mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga yo‘l chiptasi uchun kompensatsiya beriladi;
- Aholiga foydalanilgan gaz va elektr haqidagi ma’lumotlar har oyda yuboriladi;
- Mehnat migratsiyasidan qaytgan shaxslarni ishga olganlarga subsidiya beriladi;
- Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovi miqdorlari belgilanadi;
- Mehnat migratsiyasidan qaytgan shaxslar va ularning oila a’zolari bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi;
- Ayrim ob’ektlarni zilzila vaqtida gaz va elektr tarmoqlaridan avtomatik bloklash tizimi bilan loyihalash tartibi joriy etiladi;
- Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish takomillashtiriladi;
- Yashil hudud, bog‘ va jamoat parklari haqida axborot beruvchi maxsus portal ishga tushiriladi;
- Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanganlarga birlamchi ko‘mak xonalari tashkil etiladi.
Habib Jo‘raboyev
LiveBarchasi