1 iyundan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?
Jamiyat
−
01 iyun 2024 29089 1 daqiqa
Joriy yilning 1 iyun sanasidan boshlab O‘zbekiston qonunchiligida bir qancha o‘zgarishlar bo‘ladi. Quyida shular bilan tanishishingiz mumkin:
- Mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga yo‘l chiptasi uchun kompensatsiya beriladi;
- Aholiga foydalanilgan gaz va elektr haqidagi ma’lumotlar har oyda yuboriladi;
- Mehnat migratsiyasidan qaytgan shaxslarni ishga olganlarga subsidiya beriladi;
- Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovi miqdorlari belgilanadi;
- Mehnat migratsiyasidan qaytgan shaxslar va ularning oila a’zolari bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi;
- Ayrim ob’ektlarni zilzila vaqtida gaz va elektr tarmoqlaridan avtomatik bloklash tizimi bilan loyihalash tartibi joriy etiladi;
- Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish takomillashtiriladi;
- Yashil hudud, bog‘ va jamoat parklari haqida axborot beruvchi maxsus portal ishga tushiriladi;
- Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanganlarga birlamchi ko‘mak xonalari tashkil etiladi.
Habib Jo‘raboyev
Live
Barchasi
SAXAL jurnalistlarga zarba berilganini tasdiqlab, ulardan birini “Hizbulloh” terrorchisi deb atadi
28 mart
Tramp “qora shahzoda”ni “orqasidan o‘pishi kerak”ligini va unga “bu yoqimli bo‘lishi”ni aytdi
28 mart